«Manchester Siti» yarim himoyachisini transferga qo'ymoqchi

«Manchester Siti» yarim himoyachi Mateo Kovachichning kelajagi borasida bir qarorga keldi. Bu haqda SportsBoom nashri xabar bermoqda.
Ingliz grandi futbolchini transferga chiqaradi. «Shaharliklar» Kovachich uchun taxminan 15 million evro olmoqchi. Futbolchiga «Milan» va «Inter», shuningdek, Turkiya va Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda.
Mateo Kovachichning «Manchester Siti» bilan mehnat shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga etadi. Transfermarkt o'yinchining qiymatini 12 million evroga baholagan.