«Manchester Siti» shu haftada Entso Mareskaning jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini e'lon qilishi kutilmoqda, deb xabar beradi «The Times».

Avvalroq italiyalik mutaxassis «shaharliklar» bilan uch yillik shartnoma imzolashi, «Chelsi» esa tovon puli sifatida qariyb 20 million evro olishi ma'lum bo'lgan edi.

«Manchester Siti» boshqaruvida Mareska Pep Gvardiolaning o'rnini egallaydi.

Italiyalik mutaxassis bungacha 2024 yilning iyulidan 2026 yilning yanvariga qadar «Chelsi»ni boshqargan. Mareska shuningdek, 2022/23 yilgi mavsumda «Manchester Siti»da Gvardiolaning yordamchisi bo'lib ishlagan.

Manba: Stadion.uz