"Manchester Siti" yanvar oyida 35 million evroga baholanayotgan futbolchini 74 million evroga sotib olmoqchi

"Manchester Siti" "Bornmut" vingeri Antuan Semenoning shartnomasidagi tovon puli bandidan foydalanishi va 2026 yilning yanvarida futbolchini o'z safiga qo'shib olishi mumkin, deb yozadi The Times.
Manbaga ko'ra, bu holatda "Siti" 25 yoshli ganalik uchun taxminan 74 million evro to'lashi kerak bo'ladi.
"Manchester Siti" hujumchini anchadan beri kuzatib kelmoqda. Avvalroq, ushbu transfer 2026 yilning yozida amalga oshishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Semeno 2025/26 yilgi mavsumda barcha turnirlarda 13 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Bornmut" bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 35 million evroga baholagan.