"Manchester Siti" Xoland uchun "Barselona" to'lay olmaydigan narx belgiladi

"Manchester Siti" o'z hujumchisi Erling Xoland uchun "Barselona"dan qancha pul talab qilishi mumkinligi haqida ma'lumot paydo bo'ldi.
Football Insider nashrining ta'kidlashicha, agar "Barselona" kelasi yozda Xolandni sotib olish uchun haqiqatan ham taklif bilan chiqsa, unda "shaharliklar" 172 million evro atrofida narx qo'yadi. Avvalroq, 25 yoshli norvegiyalik hujumchi "Manchester Siti" bilan mehnat shartnomasini 2034 yilgacha uzaytirgan edi.
Bu mavsumda Xoland barcha turnirlarni hisobga olgan holda beshta o'yinda maydonga tushdi va oltita gol urdi. Nufuzli "Transfermarkt" portali ma'lumotlariga ko'ra, hujumchining narxi 180 million evroni tashkil etadi.