"Manchester Siti" vingeri shartnomani uzaytiradi - Gvardiola tasdiqladi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola vinger Savio bilan shartnoma tez orada uzaytirilishini tasdiqladi.
Deyarli erishilgan kelishuv haqidagi ma'lumot bir necha kun oldin paydo bo'lgan edi. Yozda futbolchini "Tottenxem" o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'rdi, ammo "shaharliklar" rad javobini berishdi. Endi murabbiyning o'zi braziliyalik tez orada yangi kelishuv tuzishini ma'lum qildi.
"Biz Savinoni saqlab qolmoqchi ekanligimizga to'liq ishonardik. Balki u bo'yicha takliflar klub uchun etarlicha foydali bo'lmagandir. Uning yoshini hisobga olsak, u o'tgan mavsumda etarlicha o'ynadi. U ikkala qanotda ham harakat qila oladi, u aql bovar qilmaydigan tezlikka ega. Ajoyib o'yinchi." - deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
21 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar imzolangan.