"Manchester Siti" va "Yuventus" portugaliyalik vinger uchun kurashishi mumkin

Portugaliyaning "Famalikan" klubi vingeri Gustavu Sa Evropaning ikki top-klubi qiziqishlari doirasida. Bu haqda Calciomercato jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 20 yoshli hujumkor futbolchini "Manchester Siti" va Turinning "Yuventus" klublari o'z safiga qo'shib olmoqchi. Yarim himoyachining narxi 16 million evroga baholanmoqda. Sa va "Famalikon" o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2029 yilning yozida tugaydi.
Joriy mavsumda Sa Portugaliya chempionatida 8 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urgan.