«Manchester Siti» va «Chelsi» Kasadoga murojaat qildi

«Chelsi» va «Manchester Siti» «Barselona» yarim himoyachisi Mark Kasadoga taklif bilan chiqdi. Bu haqda TeamTalk yozmoqda.
Ammo o'yinchi transferdan voz kechdi. Gap shundaki, taklif qilingan rol Kasadoga muntazam o'yin amaliyotini kafolatlamaydi.
Shuningdek, futbolchiga «Manchester Yunayted» ham qiziqish bildirmoqda. Ammo yarim himoyachi tez-tez maydonga tushishiga shubha qilmoqda. Mark Kasado uni o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan «Aston Villa», «Nyukasl», «Everton», «Fulxem» va «Brayton» kabi klublar variantini ko'rib chiqmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar