"Manchester Siti" va "Bavariya" Bundesliganing eng umidli hujumchilaridan birini kuzatib bormoqda

"Manchester Siti" va "Bavariya" Bundesliganing eng umidli hujumchilaridan birini kuzatib bormoqda.
Germaniyalik jurnalist Kristian Falkning ma'lum qilishicha, Evropa grandlari "Kyoln"dan 19 yoshli Said Al-Malning transferi uchun kurashishga tayyor. Myunxen klubi mutasaddilari allaqachon "Kyoln" rahbariyatiga murojaat qilib, futbolchining yaqin vaqt ichida klubga o'tish shartlarini bilib olishgan.
Qayd etilishicha, 19 yoshli germaniyalik futbolchi "Pari Sen-Jermen" va Milanning "Inter" klublari e'tiboriga tushgan.
Said Al-Mala joriy mavsum "Kyoln" safida Bundesligada 8 ta o'yinda 3 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.