«Manchester Siti» va «Barselona» Bundesliga futbolchisi uchun kurashadi

«Manchester Siti» va «Barselona» klublari «Ayntraxt»ning chap qanot himoyachisi Nataniel Braunga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Germaniya klubi o'z futbolchisini 65 million evroga baholamoqda. Braunning amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar davom etadi. Transfermarkt portali esa futbolchining bozor qiymatini ayni damda 35 million evro deb hisoblamoqda.
Joriy mavsumda Nataniel Braun «Ayntraxt» safida 30 ta o'yinda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda himoyachi 3 ta gol va 6 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.