«Manchester Siti» va «Arsenal» chempionlik uchun hal qiluvchi o'yin oldidan qo'shimcha motivatsiyaga ega bo'ldi (foto)

Bugun Angliya Premer-ligasining 33-tur markaziy uchrashuvida «Manchester Siti» o'z maydonida «Arsenal»ni qabul qiladi. Ushbu bahsning ahamiyatini yanada ta'kidlash maqsadida «Etixad» stadioniga Premer-liga kubogi olib kelindi.
Eslatib o'tamiz, «Manchester Siti» va «Arsenal» chempionlik uchun keskin kurash olib bormoqda. Agar Pep Gvardiola jamoasi g'alaba qozonsa, «kanonirlar»dan farqni 3 ochkoga qisqartiradi va zaxirada yana bir o'yinga ega bo'ladi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.
Here it is!
— Julien Laurens (@LaurensJulien) April 19, 2026
It’s all on the line pic.twitter.com/V8x0XFcThA
Manba: ua-football.com