«Real» yarim himoyachisi Orelen Tchuameni faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Fichajes nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, «Manchester Siti» frantsuz futbolchisini o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda.

«Shaharliklar» 26 yoshli futbolchining transferi uchun 90 million evro to'lashga tayyor. «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Tchuamenini taktik jihatdan ideal o'yinchi deb hisoblamoqda. Garchi «Real» yarim himoyachini yuqori baholasa-da, bunday yirik taklif «qaymoqranglilar»ni o'z xavbekini sotish haqida o'ylab ko'rishga majbur qilishi mumkin.

Orelen Tchuameni 2022 yilda «Monako»dan «Real»ga 80 million evro evaziga o'tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi Madrid klubi safida barcha musobaqalarda 46 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.