"Manchester Siti" tarixda ilk bor Norvegiya klubiga qarshi maydonga tushadi

Payshanba oqshomida UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi. 36 ta klubning barchasi o'z raqiblarini bilib oldi.
"Manchester Siti"ga Norvegiyaning so'nggi yillardagi eng kuchli klubi - "Budyo-Glimt" raqib bo'ldi. Opta xabariga ko'ra, "shaharliklar" o'z tarixida hech qachon Norvegiya klubi bilan o'ynamagan.
Eslatib o'tamiz, "Budyo-Glimt" o'tgan mavsumda Evropaning ikkinchi eng kuchli musobaqasi - Evropa Ligasi finaliga chiqishiga bir baxya qolgandi. Norvegiya klubini faqat Evropa Ligasida g'olib chiqqan "Tottenxem"ni to'xtatib qolgan.