"Manchester Siti" sobiq darvozaboni faoliyatini yakunladi

"Manchester Siti" va Angliya terma jamoasining sobiq darvozaboni Skott Karson futbolchilik faoliyatini yakunladi. Darvozabon o'z qarorini shaxsiy ijtimoiy tarmog'ida e'lon qildi.
Sentyabr oyida Karson 40 yoshga to'ldi, u faoliyatining so'nggi olti yilini "Manchester Siti"da uchinchi darvozabon sifatida o'tkazdi. U o'tgan davr mobaynida atigi bir marta maydonga tushdi. 2007-2011 yillarda u Angliya terma jamoasiga chaqirilgan. Shuningdek, Skott faoliyati davomida "Lids", "Charlton", "Vest Bromvich" va boshqa ko'plab ingliz klublarida o'ynagan.