"Manchester Siti" so'nggi 7 o'yinning 6 tasida g'alaba qozondi. Navbatdagi raqib - "Liverpul"

"Manchester Siti" g'alaba qozonishda davom etmoqda.
Pep Gvardiola jamoasi Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 4-turida "Borussiya" Dortmundni (4:1) tor-mor etdi.
Endilikda mankunianliklar so'nggi 7 o'yinda 6 g'alabaga erishdi. Bu oraliqda APLda "Aston Villa" bilan 0:1 hisobidagi mag'lubiyat qayd etildi, xolos.
9 noyabr kuni "shaharliklar" Premer-liganing 11-turida o'z maydonida "Liverpul"ni qabul qiladi.
