Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" xabar bermoqda.

29 yoshli Diash 2020 yilning sentyabr oyidan beri "Manchester Siti"da o'ynab kelmoqda. Ushbu davr mobaynida himoyachi to'rt marta Angliya chempionatida g'olib chiqdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan. "Transfermarkt" portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 55 mln evroni tashkil etadi.