«Manchester Siti» va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri belidagi surunkali muammolar sababli operatsiya qilindi.

Klub 30 yoshli futbolchining operatsiyasi muvaffaqiyatli o'tganini ma'lum qildi. Rodri yaqin vaqt ichida tiklanish va reabilitatsiya jarayonini boshlaydi, ushbu bosqich juda uzoq davom etmasligi kutilmoqda.

Oldinroq xabar berilganidek, ushbu jarrohlik amaliyoti sababli Rodri yangi mavsumning dastlabki o'yinlarini o'tkazib yuborishi mumkin.

Manba: Stadion.uz