"Manchester Siti" Rodri bilan kelasi yili xayrlashishga tayyor. "Shaharliklar" yarim himoyachisi og'ir jarohatdan so'ng o'zining eng yaxshi darajasiga qayta olmayapti.

Angliya Premer-ligasi grandi Rodrini "Real"ga qo'yib yuborishga tayyor, ammo buning evaziga Eduardo Kamavingani qo'lga kiritmoqchi. Bu haqda Transfer News Live Defensa Central’ga tayanib xabar bermoqda.

"Oltin to'p" sohibi 29 yoshli Rodri 110 million evroga baholanmoqda. 22 yoshli Kamavingani esa Transfermarkt portali 50 million evroga baholamoqda.