“Manchester Siti” Rodriga o'rinbosar topib qo'ydi

“Manchester Siti” klubni tark etishga yaqin turgan yarim himoyachi Rodrining o'rniga boshqa futbolchi topdi. Bu haqida jurnalist Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manbaning ta'kidlashicha, “Lill” yarim himoyachisi Ayub Buaddi “Siti” klubiga o'tishga yaqin turibdi. Klub va futbolchi 2031-yilning yozigacha amal qiladigan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan.
Avvalroq, frantsuz klubi 18 yoshli futbolchining transferi uchun 100 million evro so'rayotgani aytilgan edi.
O'tgan mavsumda Buaddi klub darajasidagi barcha musobaqalarda 42 ta o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining “Lill” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi.
Transfermarkt portalidagi ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 80 million evroni tashkil etadi. 18 yoshli marokashlik futbolchi 2026-yilgi Jahon chempionatida terma jamoa safida beshta o'yinida maydonga tushgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar