«Manchester Siti» porlayotgan yulduz uchun boshqa grandlar bilan raqobatlashadi

«Lill» va Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Ayyub Buaddi yana bir top-klub — «Manchester Siti» kuzatuv doirasiga tushdi.
«Shaharliklar» 18 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda insayder Matteo Moretto. Angliya grandi potentsial transferni muhokama qilish uchun «Lill» bilan allaqachon bog'langan. «Siti» vakillari vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etadilar.
Avvalroq Ayyub Buaddiga da'vogarlar qatorida «Arsenal», «Liverpul», «PSJ», «Real» va boshqa nufuzli klublar nomi tilga olingan edi. Mish-mishlarga ko'ra, «Lill» JCh-2026 guruh bosqichi o'yinlarida porlagan yarim himoyachi uchun taxminan 80 million evro talab qilishi mumkin.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar