«Manchester Siti» ochko yo'qotdi: Gvardiola chempionlik poygasidagi vaziyatga izoh berdi

«Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiola chempionlik uchun «Arsenal» bilan kechayotgan kurash haqidagi odatiy savolga javob berdi.
Chorshanba kuni «shaharliklar» o'z maydonlarida «Nottingem Forest»ni mag'lub eta olishmadi (2:2), «to'pchilar» esa parallel kechgan bahsda «Brayton»dan ustun kelishdi (1:0). Natijada «Siti»ning londonliklardan ortda qolishi 7 ochkogacha ko'paydi (Gvardiola jamoasida bitta zaxira o'yini mavjud).
O'yindan so'ng jurnalistlar Gvardioladan jamoasining «Arsenal»ni quvib o'tishiga yordam beradigan «kutilmagan burilishlar»ga ishonish-ishonmasligi haqida so'rashdi: «Oldinda hali o'yinlar ko'p, shuning uchun biz shunchaki kurashishda davom etishimiz kerak», — deb javob berdi ispaniyalik mutaxassis TNT Sports telekanaliga bergan intervyusida.
Shanba kuni «Manchester Siti» Angliya Kubogi doirasida «Nyukasl»ga qarshi maydonga tushadi.