«Manchester Siti» o'sib borayotgan yulduz uchun boshqa grandlar bilan raqobatlashadi

«Lill» va Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Ayub Buaddi yana bir top-klub — «Manchester Siti»ning radariga tushdi.
Insayder Matteo Morettoning xabar berishicha, «shaharliklar» 18 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Angliya grandi potentsial transferni muhokama qilish uchun allaqachon «Lill» bilan aloqaga chiqqan. «Siti» vakillari vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etishadi.
Ayub Buaddiga bo'lgan da'vogarlar qatorida avvalroq «Arsenal», «Liverpul», «PSJ», Madridning «Real»i va boshqa nufuzli klublar tilga olingan edi. Mish-mishlarga ko'ra, JCh-2026 guruh bosqichi o'yinlarida porlagan yarim himoyachi uchun «Lill» taxminan 80 million evro talab qilishi mumkin.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar