"Manchester Siti" "Nyukasl" himoyachisini kelasi yoz uchun maqsadlari ro'yxatiga kiritdi

"Nyukasl"ning o'ng qanot himoyachisi Tino Livramentoga mahalliy grandlar qiziqish bildirmoqda.
23 yoshli futbolchini "Manchester Siti" o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Jurnalist Ben Jeykobsning ma'lum qilishicha, angliyalik futbolchi "shaharliklar"ning 2026 yil yozidagi transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi. "Qirqlik" yulduziga da'vogarlar orasida "Manchester Yunayted" ham bor.
Transfermarkt ekspertlari talqiniga ko'ra, Tino Livramentoning narxi 40 mln evroni tashkil etadi. Futbolchining "Nyukasl" bilan mehnat shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda lateral Eddi Xau jamoasi safida sakkizta o'yinda bitta golli uzatmani amalga oshirdi.