"Manchester Siti" Frantsiyaning "Trua" jamoasidan 18 yoshli hujumchi Matias Deturbega qiziqish bildirmoqda. Hujumchi Frantsiyaning ikkinchi divizionida o'ynamoqda.

"Siti" "Roma" va "Monako" bilan raqobatlashayotgani haqida xabarlar tarqalgan. "Roma" klubi allaqachon "Trua"ga 8 million evro taklif qilgan.

Deturbe 2024 yildan beri "Trua"da o'ynaydi. Bu mavsumda hujumchi 17 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.