«Manchester Siti»ning sobiq himoyachisi faoliyatini yakunladi

Frantsiyalik taniqli himoyachi Elyakim Mangalya professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi. 35 yoshli futbolchi o'z qarori haqidagi xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida qoldirdi.
«Men turli mamlakatlarda o'ynadim, juda ko'p insonlarni uchratdim va yangi tillarni o'rgandim. Bularning barchasi hayotimda ajoyib tajribaga aylandi. Omadim chopgan ekan», — dedi Mangalya o'z faoliyati haqida gapirar ekan.
Himoyachi 2014–2019 yillarda «Manchester Siti» libosida ko'rsatgan o'yinlari orqali mashhurlikka erishgan edi. Mangalya «shaharliklar» tarkibida Angliya Premer-ligasi chempionligini qo'lga kiritgan. Shuningdek, frantsiyalik futbolchi faoliyati davomida Ispaniyaning «Valensiya», Portugaliyaning «Portu», Belgiyaning «Standard» va boshqa jamoalarda ham to'p surishga ulgurgan. Mangalyaning oxirgi ish joyi Boliviyaning «Oriente Petrolero» klubi bo'ldi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar