«Manchester Siti»ning sobiq futbolchisi Mbappega tegishli klub bosh murabbiyi bo'ldi

Frantsiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Gael Klishi Frantsiyaning «Kan» klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.
«Kan» futbol klubi Gael Klishini professional jamoaning bosh murabbiyi etib tayinlanganini e'lon qiladi. Frantsiya terma jamoasining sobiq o'yinchisi klubga eng yuqori darajadagi tajribasi, zamonaviy futbolni chuqur bilishi va yuqori standartlarni olib keladi.
“Arsenal” va “Manchester Siti”da futbolchi sifatida faoliyat yuritgandan so'ng, Gael tez orada “Istanbul Bashakshexir” va Jenevadagi “Servett” klublarida o'ynayotgan murabbiy sifatida ish boshladi. Keyinchalik u Terri Anriga Frantsiyaning 21 yoshgacha bo'lgan yoshlar terma jamoasida murabbiy sifatida qo'shildi. Bu tajriba 2024 yil Parij Olimpiada o'yinlarida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritish bilan yakunlandi.
U bilan birga Marvin Esor ham ishlaydi, u murabbiylar shtabiga qo'shiladi, shtab tarkibi esa o'zgarishsiz qoladi.
“Kan” futbol klubi yangi bosh murabbiyni qutlab, mavsumning ikkinchi yarmida qo'yilgan vazifalarni bajarishda unga to'liq qo'llab-quvvatlashini bildiradi», — deyiladi «Kan»ning rasmiy saytida.
E'tiborli jihati shundaki, Klishi faoliyatining ilk bosqichida aynan shu jamoada to'p surgan. Klubning asosiy aktsiyadori «Real» hujumchisi Kilian Mbappe hisoblanadi. Ayni paytda «Kan» Frantsiyaning uchinchi divizionida ishtirok etmoqda.