"Manchester Siti"ning qishki transfer oynasidagi asosiy maqsadi ma'lum bo'ldi

"Manchester Siti" yanvarda qaysi pozitsiyani kuchaytirmoqchi ekani haqida ma'lumot paydo bo'ldi.
Jurnalist Tayron Marshallning ta'kidlashicha, yaqinlashib kelayotgan qishda sport rahbariyati yangi o'ng qanot himoyachisi bilan shartnoma imzolashga urg'u beradi. Manbaga ko'ra, bu "shaharliklar"ning yanvar oyidagi ustuvor maqsadi.
Angliya Premer-ligasi yangi mavsumining dastlabki ikki o'yinida o'ng qanot himoyasida Riko Lyuis o'ynadi, ammo "Brayton" bilan so'nggi o'yinda Mateus Nunes asosiy tarkibda maydonga tushdi.