"Manchester Siti"ning angliyalik yulduzi jamoaga qaytmoqchi emas

"Everton" klubi qanot hujumchisi Jek Grilish jamoada qolmoqchi. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 30 yoshli futbolchi "Everton"da hayotdan zavq olmoqda. U klubda Devid Moyes qo'l ostida o'ynashni davom ettirmoqchi.
Ta'kidlanishicha, "Everton" ijara muddati yakunlangach, Grilishni "Manchester Siti"dan sotib olish imkoniyatiga ega. Ammo yulduzning to'laqonli transferi "irislar"ga 57 million evroga tushadi. Ta'kidlanishicha, Liverpul klubi 34 milliondan ortiq to'lashga tayyor emas va futbolchining narxini tushirishga umid qilmoqda.
"Everton" 30 yoshli Grilishni o'tgan yozda "shaharliklar"dan ijaraga olgan edi. O'shandan beri vinger barcha turnirlarda 16 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.