"Manchester Siti" nega Savio bilan yangi shartnoma imzolaganini tushuntirdi

Juma kuni "Manchester Siti" vinger Savio bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qildi.
Braziliyalikning yangi kelishuvi 2031 yilgacha mo'ljallangan.
"Savio ko'plab ajoyib fazilatlarga ega, uning salohiyati shunchaki cheksiz. U aql bovar qilmaydigan tabiiy qobiliyatga ega, har kuni astoydil ishlaydi, shu bilan birga juda kamtarin. Savio dunyoning eng yaxshi hujumkor futbolchilaridan biri bo'lishga intilmoqda. U uzoq yillar davomida Gvardiola va uning murabbiylar shtabi bilan birga jamoamizda muhim rol o'ynay olishiga shubha qilmayman," - deydi "shaharliklar" sport direktori Ugu Viana.
Savino 2024 yilning yozida Frantsiyaning "Trua" klubidan "Manchester Siti" safiga kelib qo'shilgandi.