"Manchester Siti" muhim yarim himoyachini saqlab qolishga yaqin

"Manchester Siti" rahbariyati yarim himoyachi Fil Fodenning vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda. Tomonlar yangi mehnat shartnomasini muhokama qilishyapti. Bu haqda Britaniya matbuotida xabar berilgan.
Fodenning yangi shartnomasi 2030 yilning o'rtalarigacha mo'ljallanishi mumkin. Unda kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ko'zda tutiladi. 25 yoshli xavbek va "shaharliklar" o'rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2027 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.
Yarim himoyachining bozor qiymati 80 million evroga baholanmoqda. Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida Foden 27 ta o'yin o'tkazib, o'z hisobiga ettita gol va uchta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.