«Milan» darvozaboni Alessandro Longoni faoliyatini «Manchester Siti»da davom ettiradi. Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, 18 yoshli futbolchi Angliya grandi bilan shartnoma imzolash arafasida turibdi.

Iqtidorli darvozabon, agar kutilmagan holat yuz bermasa, «shaharliklar» safiga erkin agent sifatida kelib qo'shiladi. Alessandro Longoni 30 iyun kuni yakuniga etadigan «rossonerilar» («Milan») bilan tuzilgan mehnat shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qildi. U «Milan»da o'smirlar va ikkinchi jamoada to'p surgan, biroq asosiy tarkibda debyut qilishga ulgurmagan edi.

Eslatib o'tamiz, «Manchester Siti» yakunlangan Premer-liga mavsumini ikkinchi o'rinda yakunlagan bo'lsa, «Milan» A Seriyada beshinchi o'rinni egalladi.