"Manchester Siti" marokashlik futbolchi bilan kelishuvga erishdi

"Manchester Siti" "Lill" yarim himoyachisi Ayub Buaddini sotib olishga yaqin. Italiya OAVlarining xabar berishicha, ingliz klubi 19 yoshli marokashlik futbolchi bilan 2031 yilgacha shartnoma bo'yicha prinsitsial kelishuvga erishgan.
Klublar hali transfer narxi bo'yicha kelisha olishmagan. "Lill" prezidenti Olive Letan futbolchi uchun 135 million evrodan ko'proq pul olishni kutayotganini aytdi.
"Andersonning "Manchester Siti"ga taxminan 157 million evroga, Tonalining esa "Tottenxem"ga taxminan 135 million evroga ketishini ko'rganimda, ular Ayub kabi rivojlanish salohiyatiga ega bo'lmasalar ham, futbolchi uchun o'z narximni belgilayman", dedi Letan Onefootball nashri bilan suhbatda.
O'tgan mavsumda Buaddini 42 ta o'yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar