"Manchester Siti" markaziy himoyachisi "Uotford"ga o'tadi
"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Stefan Mfuni faoliyatini "Uotford"da davom ettiradi.
Fabritsio Romano xabariga ko'ra, "shaharliklar" 17 yoshli futbolchini mavsum yakuniga qadar Chempionship jamoasiga ijaraga berishga rozi bo'lgan.
Futbolchi juma kuni tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Mfuni joriy mavsum "shaharliklar" safida Angliya kubogida 1 ta o'yinda maydonga tushdi.