«Manchester Siti» markaziy himoyachisi sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

Himoyachi Jon Stouns shu yozda «Manchester Siti»ni tark etishi mumkin.
TEAMtalk nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, 31 yoshli futbolchining xizmatlariga u ilgari to'p surgan «Everton» klubi qiziqish bildirmoqda. «Irislar» futbolchining «shaharliklar» bilan shartnomasi yakuniga etadigan yozgi transfer oynasida uni erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Jon Stouns 2016 yilda «Everton»dan «Manchester Siti»ga 55 million evro evaziga o'tgan edi. Joriy mavsumda himoyachi Manchester klubi safida barcha turnirlarda 15 ta o'yin o'tkazdi, biroq samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. Stouns 2013 yildan 2016 yilgacha «Everton» sharafini himoya qilgan.