Angliya chempionati 11-turining markaziy o'yinida bugun, 9 noyabr kuni, ikki grandi jamoa — «Manchester Siti» va «Liverpul» o'zaro to'qnash keladi.

Analitiklar bahosiga ko'ra, g'alaba ehtimollari quyidagicha:

  • «Manchester Siti» — 49,9%,

  • «Liverpul» — 26,1%,

  • durang — 24,0%.

Eslatib o'tamiz, jamoalarning so'nggi o'zaro uchrashuvi 2025 yil 23 fevralda bo'lib o'tgan va o'shanda «Liverpul» 2:0 hisobida ishonchli g'alaba qozongan edi.