«Manchester Siti» Konateni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Frantsiyalik himoyachi Ibraima Konate katta ehtimol bilan yozda «Liverpul»ni tark etadi.
The Sun ma'lumotlariga ko'ra, Konatega «Manchester Siti» qiziqish bildirgan. «Shaharliklar» futbolchi yangi shartnoma imzolamasa, uni erkin agent sifatida yozda transfer qilish imkoniyatlarini allaqachon o'rganib chiqqan.
Eslatib o'tamiz, Konate 2021 yili «Leyptsig»dan «Liverpul»ga 40 million evroga o'tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Joriy mavsumda frantsuz himoyachi barcha turnirlarda 49 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi. Transfermarkt portali Konate narxini 50 million evro deb baholamoqda.
Manba: www.euro-football.ru