"Manchester Siti" "Inter"ga xalaqit berishi mumkin

"Manchester Siti" klubi "Atalanta" himoyachisi Marko Palestra uchun kurashga aralashishi mumkin. Jurnalist Djanluka Di Martsioga ko'ra, agar Entso Mareska "shaharliklar"ning yangi bosh murabbiyiga aylansa, bu transferning amalga oshish ehtimoli yanada ortadi.
Hozirgi vaqtda futbolchi uchun asosiy da'vogar "Inter" bo'lib turibdi. Milanliklar ushbu futbolchini anchadan beri kuzatib borishmoqda va 21 yoshli Palestra uchun 40 million evro taklif qilishga tayyor. Qayd etilishicha, agar poygaga "Manchester Siti" qo'shilsa, futbolchining narxi 50-60 million evrogacha ko'tarilishi mumkin.
Palestra joriy mavsumda barcha turnirlarda jami 36 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u 2026 yilning mart oyida Italiya terma jamoasida debyut qilishga ulgurdi.