«Manchester Siti» inqirozda: So'nggi 5 o'yinda faqat bitta g'alaba

«Manchester Siti» so'nggi 5 ta o'yinda bor-yo'g'i 1 ta g'alabaga erishdi.
Bugun Pep Gvardiola jamoasi Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida «Real»ga imkoniyatni boy berdi (1:2). Jamoalar o'rtasidagi dastlabki o'yin ham madridliklarning 0:3 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan edi.

22 mart kuni «shaharliklar» Angliya Liga Kubogi finalida «Arsenal» bilan to'qnash kelishadi.