«Manchester Siti» ikkita aniq zarba bilan «Arsenal»ni «sindirmoqda»!

Angliya liga kubogi finalidan o'rin olgan «Manchester Siti» va «Arsenal» o'rtasidagi bahsda «shaharliklar»ning darvoza sohasiga yo'llagan ilk aniq zarbasi gol bilan yakunlandi (2:0, ikkinchi bo'lim davom etmoqda).
Niko O’Rayli 60-daqiqada hisobni ochdi. Oradan 4 daqiqa o'tib, u jamoasining darvoza sohasiga yo'llagan ikkinchi aniq zarbasini ham golga aylantirib, dubl qayd etdi.
«To'pchilar»da hozirgacha 3 ta aniq zarba mavjud. Zarbalarning umumiy ko'rsatkichi bo'yicha esa «shaharliklar» 9:6 hisobida oldinda bormoqda.