"Manchester Siti" hujumchisi Omar Marmush Angliya Premer-ligasining boshqa klubiga o'tishi mumkin.

Londonning "Tottenxem" klubi 26 yoshli misrlik futbolchiga qiziqish bildirmoqda. "Manchester Siti" Marmushni shu yil boshida 75 million evroga sotib olgan edi.

Hujumchi bu mavsumda barcha musobaqalarda 15 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.