«Manchester Siti» Gvardiolaning o'rinbosariga transferlar uchun 200 million funt ajratadi

Entso Mareska «Manchester Siti» klubida Xosep Gvardiolaning vorisiga aylanishi kerak. Agar kutilmagan biror hodisa yuz bermasa, ispaniyalik mutaxassis mavsum yakunida o'z lavozimini tark etadi. Uning o'rnini egallash uchun esa sobiq yordamchisi Mareska tanlangan va u bilan allaqachon dastlabki kelishuvga erishilgan.
The Sun nashrining xabariga ko'ra, «shaharliklar» rahbariyati italiyalik mutaxassisga shu yozda amalga oshiriladigan transferlar uchun taxminan 200 million funt sterling (230 million evrodan ortiq) mablag' ajratishga tayyor.
Klubning asosiy transfer nishonlari qatorida Elliot Anderson («Nottingem Forest»), Maykl Kayode («Brentford») va Eli Junior Krupi («Bornmut») kabi futbolchilar nomi tilga olinmoqda. Eslatib o'tamiz, Entso Mareska shu yilning yanvar oyida «Chelsi» klubidan bo'shatilgan edi, u londonliklar safida 2024 yilning yozidan buyon faoliyat yuritib kelayotgandi.