"Manchester Siti"ning braziliyalik darvozaboni Ederson Moraes hamon Istanbulning "Galatasaroy" klubi transfer short-listidan o'rin olgan.

Insayder Nikolo Skiraning ma'lum qilishicha, Turkiya top-klubi rahbariyati 32 yoshli futbolchining transferi uchun "shaharliklar"ga 15 million evro taklif qilmoqda. Edersonning o'zi bilan turklar uch yillik mehnat shartnomasini imzolashga tayyor, uning maoshi etti million evroni tashkil qiladi.

Ederson 2017 yilning iyulidan beri ingliz jamoasida o'ynab kelmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasining muddati 2026 yil iyun oyi oxirida tugaydi. Braziliyalikning bozor narxi 20 mln evroga baholanmoqda.