Angliya matbuoti "Manchester Siti" futbolchisining uyi talon-taroj qilingani haqida yozmoqda. 28 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:10 dan keyin politsiyaga Cheshirda o'g'irlik sodir etilgani haqida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga etib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari xonaga jinoyatchilar kirganini aniqlashgan. Ular bir qator buyumlarni o'g'irlashdi. Tergov davom etmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, Ruben Diashning uyiga o'g'ri tushgan. O'g'irlik sodir bo'lgan vaqtda futbolchi Chempionlar ligasi doirasida "Galatasaroy"ga qarshi o'yinda bo'lgan. Portugaliyalikning rafiqasi ham uyda bo'lmagan.

The Sun nashrining ta'kidlashicha, Diash yuz bergan voqeadan hayratda qolgan.