"Manchester Siti" Fodenga psixologik muammolarni hal qilishda yordam berdi

Hujumkor yarim himoyachi Fil Foden qiyin vaziyatda "Manchester Siti"dan yordam oldi.
Futbolchi o'tgan mavsumda ruhiy muammolardan aziyat chekkan va klubda unga yordam berish uchun hamma narsa qilingan: ingliz ko'plab psixologik testlardan o'tgan va qiyinchiliklarni hal qilish usullarini o'rgangan, deb yozadi jurnalist Jek Gagan. Futbolchining klub bilan hamkorlikdagi ishi ijobiy ta'sir ko'rsatdi: yil boshida Foden ruhan tushkunlikka tushgandi, hozir esa o'zini "butunlay boshqa odam"dek his qilmoqda, deya ta'kidlaydi manba "shaharliklar" yulduzining atrofidagilarga tayanib.
Fil Foden joriy mavsumda 20 ta o'yinda 9 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.