«Manchester Siti» Federiko Valverde uchun katta summa to'lashga tayyor

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde faoliyatini «Manchester Siti»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda «El Chiringuito» xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, «shaharliklar» yozgi transferlar vaqtida yarim himoya chizig'ini kuchaytirish maqsadida 90 million evrolik taklif tayyorlamoqda. Ta'kidlanishicha, «Real» sardori «Manchester Siti»ning asosiy transfer nishonlaridan biriga aylangan.
Shu bilan birga, Orelen Tchuameni bilan yuzaga kelgan ziddiyatdan so'ng, Valverdening «Qirollik klubi»dagi kelajagi hozirgacha noaniq bo'lib qolmoqda.
O'tgan mavsumda 27 yoshli Valverde barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 9 marta ishg'ol qilgan va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.