«Manchester Siti» «Real» prezidentligiga nomzod Enrike Rikelmening saylovda g'olib chiqsa, madridliklar «Manchester Siti» forvardi Erling Xolandni sotib olishi haqidagi bayonotidan xavotirda emas, deb xabar berdi insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog'ida.

Manbaga ko'ra, ingliz klubi norvegiyalik hujumchining yozda jamoadan ketishini kutmayapti. «Siti» Xolandni yangi bosh murabbiy Entso Mareska boshchiligidagi loyihaning asosiy qismi deb hisoblaydi.

«Real»da prezidentlik saylovlari yakshanba kuni, 7 iyun kuni bo'lib o'tadi.

25 yoshli norvegiyalik futbolchining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining transfer narxini 200 million evroga baholamoqda.

2025/26 yilgi mavsumda Xoland barcha turnirlarda 52 ta o'yinda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.