«Manchester Siti» Dani Olmo uchun 60 million evro to'lashga tayyor

Angliyaning «Manchester Siti» klubi «Barselona» va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Dani Olmoning transferi ustida jiddiy ish boshlamoqchi. Bu haqda Independent nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, «shaharliklar» 28 yoshli futbolchi uchun 60 million evro miqdorida mablag' ajratishga tayyor.
Ingliz klubi rahbariyati Olmoni jamoa yarim himoya chizig'ini kuchaytira oladigan ideal nomzod sifatida ko'rmoqda.