"Manchester Siti"dan rekord darajada ochko olib tashlanadi - Daily Mail

Bu haqda Daily Mail nashrining bosh sport sharhlovchisi Oliver Xolt xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko'ra, APL rahbariyati "shaharliklar"ning apellyaciyasi ko'rib chiqilishi yakunlanishidan avvalroq jazo bo'yicha yakuniy hukmni e'lon qilishga erishmoqchi. Apellyaciya bo'yicha qaror esa yanvar oyi oxiridan oldin chiqishi dargumon.
Insayderlarning takidlashicha, olib tashlanadigan ochkolar hajmi shu qadar katta bo'ladiki, matematik jihatdan "Siti"ning pastki divizionga tushib ketishini kafolatlaydi. Bundan tashqari, qo'shimcha ochkolarni olib tashlash jazosi klubni keyingi mavsumda - Chempionshipda ham taqib etishi mumkin. Shu bilan birga, manbalar Manchester klubining majburiy ravishda Liga 2 ga (to'rtnici divizion) yuborilishi haqidagi mish-mishlarni rad etishdi: jazo Angliya futbolining ikkinchi divizioniga tushib ketish bilan cheklanadi.
Eslatib o'tamiz, oktyabr oyi boshida mustaqil komissiya "Manchester Siti"ni 2009 yildan 2018 yilgacha bo'lgan davrda moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzish bo'yicha qo'yilgan 115 ta ayblovning 114 tasi bo'yicha aybdor deb topgan edi.
Kommentariyalar