«Manchester Siti» «Chelsi» himoyachisining transferini kelishib oldi

«Chelsi» va Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Malo Gyusto «Manchester Siti» futbolchisiga aylanadi. Foot Mercato nashrining xabar berishicha, futbolchi o'ziga juda yaxshi tanish bo'lgan Entso Mareska boshqaruvidagi «shaharliklar» lageriga o'tishga rozilik bergan.
Endi klublar transfer bahosi borasida kelishib olishlari kerak. «Ko'klar» frantsiyalik himoyachi uchun 50-55 million evro ishlab olmoqchi.
Eslatib o'tamiz, ayni paytda Gyusto Shimoliy Amerikada bo'lib o'tayotgan jahon chempionatida Frantsiya terma jamoasi ixtiyorida bo'lib turibdi. Chorshanba kuni «uchranglilar» pley-offning ilk bosqichi — 1/16 finalida Shvetsiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Mareska yangi mavsumdan boshlab «Siti» bosh murabbiyi sifatida ish boshlaydi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar