«Manchester Siti» Buaddi bilan shartnomani kelishib oldi

«Manchester Siti» «Lill» yarim himoyachisi Ayyub Buaddi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Italiya OAVlari bergan xabarga ko'ra, Angliya klubi 19 yoshli marokashlik futbolchi bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma bo'yicha printsipial kelishuvga erishgan.
Klublar hali transfer summasini kelishib olishlari kerak. «Lill» prezidenti Olive Letang futbolchi uchun 135 million evrodan ortiq mablag' olishni rejalashtirayotganiga shama qildi.
«Anderson «Manchester Siti»ga taxminan 157 millionga, Tonali esa «Tottenhem»ga taxminan 135 millionga o'tayotganini ko'rganimda va ularda Ayyubdagi kabi rivojlanish potentsiali yo'qligini hisobga olsam, o'yinchimiz uchun o'z narxim paydo bo'ladi», — deya Letangning so'zlarini keltiradi Onefootball.
O'tgan mavsumda Buaddi 42 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar