"Manchester Siti" "Brentford"ni mag'lub etib, Angliya Liga kubogi yarim finaliga yo'l oldi

"Manchester Siti" Angliya Liga Kubogi 1/4 finalidan o'rin olgan "Brentford"ga qarshi bahsda g'alaba qozondi - 2:0. O'yin Manchesterdagi "Etihad" stadionida bo'lib o'tdi.
Uchrashuvning 32-daqiqasida frantsiyalik yarim himoyachi Rayan Sherki hisobni ochdi. Tanaffusdan so'ng braziliyalik vinger Savino mezbonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.
"Manchester Siti"ning yarim finaldagi raqibi qur'a natijalariga ko'ra aniqlanadi. Avvalroq "Chelsi" "Kardiff Siti"ni mag'lub etib (3:1), yarimfinalga chiqqan edi.